logo
. . .


Muhtasham Yoshlar markazida o'tgan muloqotda ularning dunyoqarashi o'zgardimi yoki yo'q?

Buxoro yoshlar markazida "Yoshlar — kamtarona va ixcham to'ylar tarafdori" shiori ostida targ'ibot tadbiri tashkil etildi. Unda O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, qator hamkor tashkilotlar vakillari hamda 700 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi.

Soha mutaxassislari tomonidan, avvalo, yoshlar odobi, tartibi, to'y-hashamlarda har qadamda uchrayotgan dabdabozlik, isrofgarchilik to'g'risida qiziqarli ma'lumotlar, hayotiy voqealar gapirib berildi.

Bugungi kunda yoshlarning asosiy vazifasi — o'qib, izlanib, yetuk mutaxassis bo'lib yetishish ekanligi alohida ta'kidlandi.

— Rostini aytganda, orzu-havas qilib, zo'r dabdaba bilan to'yim bo'lishini orzu qilar edim, - deydi tadbir ishtirokchilaridan biri Noila Egamberdiyeva. — Lekin istaklarimni ota-onam qanday bajarishad... Bu haqida umuman o'ylab ko'rmaganman. Bugungi targ'ibot tadbirida yoshi ulug'lardan ko'pgina pand-nasihatlarni, meniki kabi cheki yo'q orzu-havaslarning kattalar, xususan, yosh oila uchun anchagina xunuk holatlarga olib kelishi to'g'risidagi hayotiy voqealarni eshitib, xulosa chiqardim.

Targ'ibot tadbiri davomida yoshlar barcha savollariga to'laqonli javob olishdi.

Bu kabi tadbirlar muhtaram yurtboshimizning xalqimiz turmushining farovonligi yo'lida olib borayotgan islohotlarini keng jamoatchilikka yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.



Ulashing:

E'lon