logo
. . .


Jannatmakon o'lkamizga sanoqli kunlardan so'ng o'zining o'zgacha manzarasi va tarovati bilan oltin kuz fasli kirib keladi. Shu bilan birgalikda yurtimizdagi ta'lim maskanlarining barida yangi o'quv yili boshlanadi. Bilamizki, faslning ilk kunlaridanoq ushbu ziyo maskanlarida  bilimlar kuni keng nishonlanadi. O'quvchining eng galdagi, birinchi vazifasi o'z vaqtida maktabga borib, darslarni qunt bilan o'rganib, yaxshiroq o'zlashtirishdir. Albatta, darslarni qunt bilan o'rganishda esa o'quvchi o'zi bilan zaruriy o'quv qurollari olib kelishi talab etiladi. Joylarda ta'lim sifatini yanada yaxshilash, hududlardagi kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni zaruriy o'quv qurollari bilan ta'minlash maqsadida, O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi  " Kamalak" bolalar tashkiloti  tomonidan " Kamalak portfeli" aksiyasi amalga oshirilmoqda. 


Ana shunday aksiya kuni kecha Buxoro viloyatining Yoshlar ittifoqi Kengashi va uning qoshidagi " Kamalak" bolalar tashkiloti tomonidan Buxoro shahridagi "Guliston", "Ibn Sino", " Dilkusho" mahalla fuqarolar yig'inidagi yoshlarga 12 turdagi o'quv qurollaridan iborat "Kamalak portfeli" tuhfa etildi. Har bir yosh avlod bundan judayam xursand bo'lishdi. Bu tuhfa yoshlarga yangi o'quv yilida munosib sovg'a bo'ldi.


-" Kamalak" bolalar tashkiloti tomonidan bizga o'quv qurollari sovg'a qilindi. Men bundan judayam xursand bo'ldim! Hozirda Buxoro shahridagi 1-umumiy o'rta ta'lim maktabida 2-sinfda tahsil olayapman. Yangi o'quv yilida yanada a'lo baholarga o'qishga va'da beraman, - deydi Shayx Xalilayev.



Ulashing:

E'lon