logo
. . .


Bugun Norin tumanidagi 2-sonli maktabning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

3 yil davomida butunlay ta’mirlanib, yangi qiyofa kasb etgan mazkur maktabning ta’mirlash ishlari Ishchi guruh tashrifidan so‘ng jadallashdi.

Ushbu ziyo maskanidagi yaratilgan sharoitlardan tuman aholisi ayniqsa, o‘quvchi-yoshlar juda ham xursand.

Eng so‘nggi ko‘rinishdagi sinfxonalari, sport zal, yozgi maydon – bularning bari yoshlarning ilm olishi uchun barcha qulayliklarni taqdim etadi.

Maktabning tantanali ochilish marosimiga tashrif buyurgan mehmonlarni sardorlarning kichik tanishtiruvlari lol qoldirdi.

O‘zbek, rus, ingliz, qirg‘iz, tojik, koreys tillarida burro so‘zlagan o‘quvchilarning zukkoligi, bilimdonligi barchani e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Sardorlarning zukkoligi esa Yoshlar yetakchisi tomonidan munosib taqdirlandi. Ularga rangli printer, notebuk, planshet va uyali telefon taqdim etiladigan bo‘ldi.

Gullarga burkangan mazkur bayramona jarayonning eng qaynoq nuqtasi, Yurtboshimiz uchun o‘quvchilarning samimiyat va minnatdorchilik ila chalgan qarsaklari bo‘ldi.

Ushbu olqishlarning jarangi hali uzoq davom etadi. Zero, yoshlar so‘z berdilar! Butun dunyoni zabt etadigan chempionlar, bilimdonlar aynan Norindan chiqadi!



Ulashing:

E'lon