logo
. . .


Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Boshlang‘ich tashkilot yetakchilari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminarda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari O‘tkir Shukurov tomonidan zaruriy tavsiyalar berildi.

Shundan so‘ng, Yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Muloqot anchayin tanqidiy ruhda o‘tdi. Albatta, bunga sabab bor. Masalan, ko‘plab Yoshlar yetakchilari o‘z vazifalari nimadan iborat, “Ittifoq” va “Kamalak” sardorlari nima ish qiladi, hech narsadan xabari yo‘q…

- Bu holatni yaxshilash bo‘yicha kimda taklif bor?, - dedi rais o‘rinbosari.
- ...
- Ish bo‘lmagan joyda taklif qayerdan bo‘lsin?

Prezident ishonch bildirib turgan bir paytda shu Vatan uchun, kelajak uchun fidoyilik ko‘rsatmaslik uyat emasmi? Hali ham davomat desa bechora o‘quvchini tergashdan nariga bormaysizlar. Qachon muammoni kelib chiqish sababini o‘rganishni boshlaysiz? Balki, uning sharoiti yo‘qdir, oyoq kiyimi yoki daftari yo‘qdir... Xullas, masala jiddiy. Qilinishi kerak bo‘lgan ishlar talaygina. Nomigagina kelib, shunchaki oylik uchun ishlayotgan yetakchilar vijdoni bo‘lsa, ishlaydigan, fidoyi insonga o‘rnini bo'shatib bersin. Mayli, sizlarni ham o‘z mutaxassisliklaringizga qarab ishga joylashtiriramiz.

Ushbu tanqidiy fikrlardan so'ng, Yetakchilar qaror qabul qildi. "Kasbga fidoyi bo‘lmaganlar safimizdan chiqib ketsin!"



Ulashing:

E'lon