logo
. . .


Maqsadga erishish uchun to’g’ri yo’lni tanlab, shaxdam qadam tashlash lozim. Maqsad murod hosil qilishi uchun esa harakat va sabr kerak.  O’zbekiston Yoshlar ittifoq  yoshlari manfaatlari, ularning kelajakdagi nurli iqboli uchun  yoshlarning istaklariga, murojaatlariga quloq tutib, dardini tinglaydi. Ularning hayotidagi mavjud muammolarni oqilona hal etish uchun esa samarali harakatlar amalga oshiradi. Bu harakatlarning amaliy ifodasi, bugun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi “Yoshlar press-klubi”ning navbatdagi sessiyasi “Yoshlar tarbiyasida diniy ma’rifat masalasi” mavzusiga bag‘ishlangan navbatdagi sessiyasida o’z aksini topdi. E’tiborga molik tarafi mazkur muloqot to‘g‘ridan to‘g‘ri jonli efirda erkin suhbat tarzida o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori–Shoazim Minavarov, O‘zbekiston musulmonlar idorasi Fatvo bo‘limi mudiri–Homidjon Ismatbekov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi–Muhammadbobur Yo‘ldoshev, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Odiljon Tadjiyev hamda Islom akademiyasi boshqarma boshlig‘i–Abdulhakim Oripov, O‘zbekiston musulmonlar idorasi mutaxassisi– Fotima Haqberdiyeva, Yoshlar ittifoqining xodimlari, faol yoshlar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi Yoshlar ittifoqi va Qahramon Quronboyev sahifasiga yoshlarning yo‘llagan yuzlab onlayn murojaatlari ijobiy hal etildi.

Savollarning aksariyati OTMlarida ta’lim olayotgan qizlarning hijob o‘rashiga munosabat va uchrayotgan ta’qiqlar, talaba yigitlarning soqol o‘stirib o‘qishga borish holatining ma’n etilishi va yoshlar dunyoqarashining diniy ma’rifat bilan boyitilishiga qaratilgan.

24 nafar yoshlar savollari mazmunida Namanganda Yoshlar yetakchisining hijob o‘ragan qizlarga nisbatan ko‘rgan chorasiga salbiy munosabati hamda ushbu cheklovga nuqta qo‘yilishi lozimligi aks ettirilgan.

Odiljon Tadjiyev bu savolga javoban,  Yoshlar ittifoqi yoshlarning hijob o‘rashi-yu soqol qo‘yishiga mone’lik qilish niyatida emasligini aytdi .Faqat jamoat joylarida diniy ibodat libosida yurish mumkinmasligi to‘g‘risidagi Qonundan kelib chiqib, o‘quv muassasalari o‘zlarining mavjud ichki qonun-qoida va tartib-intizomlariga ko‘ra ish ko‘rayotgan bo‘lishi mumkinligi, ammo Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchilari diniy liboslilarga qarshi chiqish, ta’qiqlash vakolatiga ega emasligini ma’lum qildi. Namangan viloyati yetakchisiga esa mazkur holat yuzasidan kerakli chora ko‘rilganligi to‘g‘risida xabar berildi. Bu harakatni “Siyosiy tazyiq”– deb, talqin qilish noto‘g‘riligi, bu vaziyat qonunan o‘zgarish talab etilsa, o‘z o‘rni bilan o‘zgartirilib, ijobiy yechim topishi qayd etildi.

Ochiq muloqot mobaynida O‘zbekiston musulmonlar idorasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi o‘rtasidagi memorandum ahamiyati, mamlakatimiz yoshlari hayotida diniy masalalar bo‘yicha ro‘y berayotgan voqea-hodisalar, diniy va dunyoviy ilmning bir maromda egallanishi, odob-axloq masalalari kabi mavzular ko‘tarildi.

Bundan tashqari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengash raisining birinchi o‘rinbosari Odiljon Tadjiyev “Tashkilot tomonidan hududlardagi Yoshlar markazlarida diniy ma’rifat to‘garaklari tashkil etilganligi, unda uyushmagan yoshlarga tuman imom xatibi boshchiligida bir qator imomlar tomonidan  diniy ta’lim-tarbiya berilishi yo‘lga qo‘yilganlini ta’kidladi. Bu orqali yoshlarimiz diniy ilmni o‘zlashtirishiga erishish ko‘zda tutilgan.

Bir so‘z bilan aytganda, “Yoshlar press klubi” da “ ishtirokchilarga Yoshlar tarbiyasidagi diniy ma’rifat” mavzusiga bog’liq  muammoli masalalar yuzasidan ishonchli ma’lumotlar berildi. Shuningdek, bugungi shaffof qurilgan erkin suhbat yoshlar hayotini o‘rganish, manfaatlarini himoya qilish va ular bilan jamaotchilikni tanishtirish borasida o‘ziga xos minbar bo‘la oldi.

 

Shahnoza Nurullayeva



Ulashing:

E'lon