logo
. . .


2018-yil 13-fevral kuni “O‘zbekiston-Rossiya yoshlari forumi” doirasida rejalashtirilgan qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Jumladan, Toshkent shahridagi “Ground Zero” kovorking markazida  ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi.

Unda delegat a’zolari, tashkilot rahbarlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari –O‘tkir Bo‘tayev, Xalqaro biznes va texnologiyalar assotsiatsiyasi raisi, tadbirkor–Hikmat Abduraxmanov, Xalqaro biznes va texnologiyalar assotsiatsiyasi Ijrochi direktori–Shuxrat Azimov, mahalliy tajribali tadbirkorlar, yosh tadbirkorlar, OAV ishtirok etdi.

Tadbir avvalida, O‘tkir Bo‘tayev tomonidan “O‘zbekistonda investitsiya muhiti – barqaror hamkorlik poydevori” nomli taqdimot namoyish etildi.

So‘ngra, “O‘zbekistonda yoshlar tadbirkorligi: biznes va innovatsiya” xususida Hikmat Abduraxmanov tomonidan navbatdagi taqdimot bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Moderator – Shuxrat Azimov, O‘tkir Bo‘tayev, Hikmat Abduraxmanov, delegatsiya a’zolari, mahalliy tajribali tadbirkorlar, yosh tadbirkorlar va yoshlar o‘rtasida o‘zaro ochiq muloqot tashkil etilib, sohaga doir masalalar muhokama etildi.

Bundan tashqari, Xalqaro biznes va texnologiyalar assotsiatsiyasi Ijrochi direktori Shuxrat Azimov delegatsiya a’zolarini “Texno Plaza” majmuasida yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirib chiqdi.

Uchrashuvlar davomida Rossiya va O‘zbekiston mamlakatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-moddiy va madaniy hamkorlik bo‘yicha bitim hamda Rossiya hukumati va Toshkent shahar va viloyati hokimliklari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritalari imzolanishi kutilmoqda.



Ulashing:

E'lon