logo
. . .


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyat Kengashining navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda kun tartibidagi 6 ta masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi hamda 2018 yilda tizimda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyat Kengashi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Ahadjon Akbarov viloyat Kengashi raisi lavozimiga ovoz berish yo‘li bilan saylandi.

Viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari etib Farhod Mamatqulov, viloyat Kengashi raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib Abduqosim Abdumalikov saylandi.

Yig‘ilishda Markaziy Kengash raisining o‘rinbosari O‘tkir Shukurov ishtirok etdi.

Mas’uliyat va ishonch muborak bo‘lsin, Yoshlar yetakchilari!



Ulashing:

E'lon