logo
. . .


Xabaringiz bor, 24-noyabr kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2-yig‘ilishi bo‘lib o‘tgandi.

Yig`ilishda Farg`ona viloyatida jinoyatchilik va huquqbuzarlik muqaddam sudlangan yoshlar bilan tizimli ishlanmaganligi, yoshlar o'z holiga tashlab qo'yilganligi sababli nisbatan oshganligi qayd etilgan edi.

Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida samarali tizimni joriy etish maqsadida viloyat Kengashida barcha shahar va tuman Yoshlar yetakchilari yig`ildi.

—Viloyatimizdagi har bir yosh bizning nazoratimizda bo`lishi kerak, - dedi, Kengash raisi Ahadjon Akbarov. —Yoshlarni jinoyat ko'chalaridan qaytarmasak,“Yoshlar yetakchisi” degan nomga munosib emasmiz! Endilikda viloyatda jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olishga qaratilgan tizimli ishlar yo`lga qo`yiladi. Bunda har bir shahar va tuman Kengashi raislari shaxsan o`zi bosh bo`ladi.

Yig`ilishda bir nechta shahar va tuman Kengashlariga ogohlantirish va intizomiy choralar ko`rildi.

Chet elda ishlayotgan yoki ishlab qaytgan yoshlar bilan shaxsan shahar va tuman yoshlar yetakchilarinig o`zi birma-bir muloqot o`tkazishi, ishsiz yoshlarni ish bilan ta’minlash, hududdagi jinoyatchilik va huquqbuzarlikni kamaytirish kabi masalalar har bir Yoshlar yetakchisining kun tartibidagi birinchi masalaga aylantirilishiga o`zaro kelishib olindi.



Ulashing:

E'lon