logo
. . .


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tuman Kengashi hamda IIB hamkorligida hududda joylashgan 14-maktabda muntazam dars qoldiruvchi o‘quvchilarning ota-onalari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Yig'ilganlar tomonidan ushbu illatning kelib chiqish sabablari, vaziyatning naqadar og‘irligi va uning ortidan ro'y berishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlar tushuntirildi.

Muntazam dars qoldiruvchi 7 nafar o‘quvchining ota-onasiga IIB maxsus komissiyasi tomonidan eng kam oylik ish haqining yarim baravari miqdorida jarima solindi.

Jazoning belgilanishi boshqa ota-onalar uchun ham tegishli xulosa bo'ldi. Qolaversa, bu yo'l o‘quvchilarning davomatini yanada yaxshilash, ular o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishga ham as qotishi shubhasiz.



Ulashing:

E'lon