logo
. . .


Farg‘ona viloyatida “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida bir nechta yirik loyihalar amalga oshirildi.

“Har bir fermerga bitta yosh” loyihasi, “O‘z biznesingni boshla” klubi, “Men tanlagan hunar” kabi loyihalar doirasida salmoqli ishlar bajarildi.

Unga ko‘ra, “Har bir fermerga bitta yosh” loyihasi doirasida viloyat bo‘yicha 3771 nafar fermer xo‘jaliklariga bug‘doydan bo‘shagan yer maydonlari takroriy ekin ekish uchun imtiyozli ravishda berildi.

“O‘z biznesingni boshla” klubi doirasida esa yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha o‘quvlar tashkil etilib, tadbirkorlik subyektlarini amaliyot tizimini amalga oshirish va kreditlar olishga qaratilgan “Biznes inkubator” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Endilikda “Men tanlagan hunar” shiori ostida ko‘rik-tanlov tashkil etiladi va g‘oliblarga ittifoq kafilligi asosida imtiyozli kreditlar olib beriladi.

4 ta sektor rahbarlariga hududlardan 1000 nafardan yoshlarni otaliqqa olish, viloyatdagi 1200 nafar yoshlar yetakchilariga1 nafardan ishsiz yoshlar biriktirish orqali bandligini ta’minlash masalasi kun tartibiga qo‘yiladi va amaliyotga tatbiq etiladi.
Viloyat bo‘ylab haftaning har shanba kuni “Yoshlar kuni” – qabul kuni sifatida belgilanadi.



Ulashing:

E'lon