logo
. . .


Bugun davlat hech bir farzandiga befarq emas, xoh ta’lim, xoh tibbiyot sohasida bo‘lsin, yoshlar doimo e’tiborda.

O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi - Союз молодежи Узбекистанаning rasmi.

Ammo, ba’zi ota-onalar o‘z farzandi taqdiriga mas’ul ekanliklarini unutib qo‘yayotgan holatlar ham kuzatilmoqda. Xususan, Chortoq tumanidagi “Qorabog‘” va “O‘rikzor” mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi bir nechta o‘quvchilar ta’lim jarayonlarida faol ishtirok etmasligi aniqlangan.

O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi - Союз молодежи Узбекистанаning rasmi.

Bu borada esa ushbu mahallada yashovchi o‘quvchilarning ota-onalari befarqlikka yo‘l qo‘ygan. Farzanlari uzluksiz dars qoldirayotgan ushbu ota-onalar bilan tumandagi yoshlar masalalari bo‘yicha mas’ullar hamda yoshlar ittifoqining tuman Kengashi raisi suhbatlashdi. Ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi. Yoshlar masalalari bo'yicha tuman idoralararo kengashi tomonidan yuqoridagi holatlar alohida nazoratga olinib, mazkur xonadon farzandlari kiyim-kechak va o‘quv-qurollari bilan ta'minlanadigan bo‘ldi.



Ulashing:

E'lon