logo
. . .


Yurtimizda ilk bor O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tashabbusi bilan xorijdagi yosh yurtdoshlarimiz bilan hamkorlikda “Yosh vatandoshlar” festivali o‘z ishini boshladi.

Festival qatnashchilarining ilk taassurotlari bilan tanishing:

G‘afurov Abror Asrorjonovich, Berlin, Germaniya

Gumbold universiteti Geografiya fakulteti dotsenti, Germaniya geofizika tadqiqotlar markazi katta ilmiy xodimi:

— Soham O‘rta Osiyoda suv resurslarini boshqarish. Festivalga kelganimdan juda xursandman. O‘ylaymanki, bu festival chetda yurgan barcha yosh, iqtidorli o‘zbeklarni birlashtirib, kelajakda O‘zbekiston ravnaqiga hissa qo‘shishida xizmat qiladi.

Murotov Umrbek O‘ktam o‘g‘li, Dehli, Hindiston, Dehli texnologik universiteti talabasi:

— Festivalga kelishimdan maqsad O‘zbekistonda bo‘layotgan islohotlarga o‘z hissamni qo‘shish. O‘zbekiston va Hindiston bilan hamkorlikda IT-texnologiyani rivojlantirish, fuqarolar hayotida uni chuqur tatbiq etish. Bundan tashqari, ta’lim sistemasida ham IT texnologiya, yangi pedagogik medotlarni, Hindiston tajribasini qo‘llasak, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Muhammed Arif Zaferi, Istanbul, Turkiya, “Zafericon Foreign Trade” kompaniyasi rahbari:

— O‘zbekistonga ilk bora kelishim. Tarixi boy yurtga kelganimdan juda xursandman. Bu festivalga qatnashishimdan maqsad — dunyoning turli joylaridan taklif etilgan o‘zbeklar bilan tanishish, do‘stlar orttirish, kelajakda ular bilan hamkorliklarni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Shaxnoza Nurullayeva



Ulashing:

E'lon