logo
. . .


Respublikaning bir qator viloyatlaridan tashrif buyurgan, asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarning farzandlari, yurtimizning so‘lim maskanlarida yozgi ta’tillarini maroqli o‘tkazmoqdalar.

Oromgoh dasturida Islom Karimov nomi bilan bog‘liq qadamjolarni ziyorat qilish ham ko‘zda tutilgan edi.

“Yozni ”Kamalak“ bilan!” loyihasi doirasida tashkil etilgan mazkur sog‘lomlashtirish va dam oldirish mavsumi ishtirokchilari Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy majmuaga kelib, mamlakatimizning birinchi Prezidenti haykali poyida uning xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

Shuningdek, bolalar “Butun olamni jo qilgan yurak” ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishdilar.

Bu yerda ularga Mustaqilligimizning asoschisi, yoshlarga fan, ta’lim, madaniyat va sport yo‘nalishlarida ulkan imkoniyatlar eshigini ochib bergan buyuk shaxs – O‘zbekistonning birinchi Prezidenti to‘g‘risida atroflicha so‘zlab berildi.

Har bir rasm va fotosurat bilan bog‘liq xotiralar yoshlarni befarq qoldirmadi.



Ulashing:

E'lon