logo
. . .


Kuni-kecha G‘ijduvon tumani markazidan 95 km uzokda joylashgan “Zafarobod” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan “Yoshlik” madaniyat markazida tuman hokimi, tuman prokurori, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi raisi va 20 ga yaqin mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda 327 nafar yoshlar ishtirok etib, ular tomonidan 80 ga yaqin muammo va takliflar bildirildi.

Bildirilgan muammo va takliflarning kariyb 80 foizini ish bilan ta’minlash masalasi tashkil etgan bo‘lsa, qolgan 20 foizi tadbirkorlik va boshqa masalalarni o‘zida qamrab oldi.

Mahalla yoshlari bilan bo‘lib o‘tgan “Hokim va yoshlar” uchrashuvi 2 soatu 40 minut davom etib, bir qator yoshlarning muammolari uchrashuv zalining o‘zida yechim topdi.

Jumladan, 1989 yil tug‘ilgan To‘rayev Azizbekning tadbirkorligi uchun 2 sotix yer ajratib berilishi, 1989 yil tug‘ilgan oliy ma’lumotga ega bo‘lgan Qorayeva Gavharni 37-sonli umumta’lim maktabiga ishga joylashishi, 1991 yili tug‘ilgan Nurova Moxigulning yoshlarga kutubxona ochish bo‘yicha taklifi qondirilishi va 37-maktab 9-sinf o‘quvchisi Normurodov Shuhratning Yoshlar markazida kulolchilik to‘garagini ochish to‘g‘risidagi muammolari joyida hal etildi.

Bundan tashqari, 15 nafardan ortiq ishsiz yoshlarni mavsumiy bandligini taminlash bo‘yicha tuman bandlikka ko‘maklashish markazi rahbari va mahalla raislari amaliy ishlarni yo‘lga qo‘ydi.

Bir so‘z bilan aytganlda, yoshlar asta-sekin “Hokim va yoshlar” uchrashuviga ishonch bildira boshladi. Muammolariga yechim topmoqda.

Ushbu uchrashuvlar respublikaning barcha hududlarida davom etmoqda.



Ulashing:

E'lon