logo
. . .


Xabaringiz bor, Yoshlar ittifoqining hamkorlikdagi mutlaqo yangi loyihasi — “Global tadbirkorlik haftaligi”ga start berilgan edi. Haftalik doirasida Farg’ona viloyatida ham bir qator tadbirlar bo'lib o'tdi. Dastlab tadbir ishtirokchiari “Тuron” tekstil zavodi hamda “UzSungWoo” qo’shma korxonasidagi ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Asosiy tadbirlar Farg’ona viloyat "Tadbirkorlar markazi"da bo’lib o’tdi. 400 nafarga yaqin yosh tadbirkorlar, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari hamda OAV vakillari ishtirok etgan tadbirda ma'ruza va mahorat darslari tashkil etildi.

“DEKOS” vа “DELI” korxonalari asoschisi Hasan Mamasaidov, “OFFICE MARKET” korxonasi asoschisi Husan Mamasaidov, “StomaService” asoschisi Ulug’bek Xolmatov, “O’zbek-Xitoy savdo uyi” ta’sischilaridan biri Ulug’bek Xolmatovlar bo’lajak tadbirkorlar tomonidan berilgan savollarga javob berishdi. Shuningdek, tadbir davomida omadli raqam egalariga viloyat banklari tomonidan imtiyozli kredit olish imkonini beruvchi sertifikatlar topshirildi.

 



Ulashing:

E'lon