logo
. . .


Hududlarda yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilishga, yosh tadbirkorlarning istiqbolli gʻoyalari va loyihalarini roʻyobga chiqarishga, shuningdek yoshlar bandligini taʼminlashga qaratilgan “Yoshlar kelajagimiz” davlat dasturi doirasida Navoiy viloyatida ham yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, gʻoyalari va loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari orqali yillik 7 foiz stavka bilan imtiyozli kredit ajratilmoqda.

Shunday yoshlarimizdan biri Goʻzal Parmonova Navoiy shahri markazida “Bolaldar dunyosi” oʻquv markazini jihozlash uchun 25 mln soʻm kredit olib, oʻz faoliyatini boshladi. Bundan tashqari, Akmal Abdurahmonov ham oʻzining issiqxonada isitish taʼminoti yoʻqligi sababli 75 mln soʻm kredit oldi. Endi yilning toʻrt faslida ham hosil oladi.

Dilsora Raxmatova Karmana tumanida oʻz uyida milliy shirinliklar pishirib sotardi. Endi esa pishiriq sexini tashkil etdi. Davlat dasturi asosida 60 mln soʻm kredit olib, Xitoyda ishlab chiqarilgan pechlarni olib kelib oʻrnatdi.

Imkoniyatlardan unumli foydalana olayotgan yoshlar talaygina. Biz barcha tadbirkor yoshlarga omad tilaymiz.



Ulashing:

E'lon