logo
. . .


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining maxsus ishchi guruhi Xorazm viloyati Gurlan tumanida ish boshladi!

Asosiy e’tibor — ta’lim sifatini yaxshilashga, Ittifoqning boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirishga, shuningdek, Sardorlar va Yetakchilarda tengdoshlari bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirishga qaratildi.

O‘rganishlar davomida 22 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasi va 4 ta kasb-hunar kollejida aniqlangan muammolarga yechim topilmoqda. Ishchi guruh vakillari, avvalo, o‘quv jarayonlari bilan tanishdilar. Sardorlar va Yetakchilar Kengashlari a’zolari bilan ochiq muloqotlar tashkil etildi.

Aytib o‘tish o‘rinliki, ta’lim muassalaridagi kutubxona, tibbiyot xonalari va oshxonalar ham nazorat qilinib, u yerdagi shart-sharoitlarni takomillashtirish va mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar olib borilmoqda.

Optimallashtirish ishlari davom etmoqda.



Ulashing:

E'lon