logo
. . .


 “Yoshlar –kelajagimiz” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekistion yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan  Respublika bo’ylab shtab va ishchi guruhlar faoliyati yo’lga qo’yilgan. Hozirda mamlakatimizning eng chekka hudularigacha o’rganishlar olib borayotgan ichchi guruh  xodimlari yoshlarning qiziqishlari, orzu-istaklari, rejalari, mavjud muammo va kamchiliklarini chuqur o’rganib, tahlil qilishmoqda.

O’z navbatida yoshlar masalalariga joyida ijobiy yechim topib hal etilmoqda.  Yurt fidoyilarining zahmati va sidqidildan mehnat qilishi sabab hech bir yoshning murojaati e’tibordan chetda qolgan emas.

Ishchi guruhlar uyma-uy yurib, barcha yoshlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ba’zasini shakllantirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlarga ko‘maklashish, kreditlar ajratilishida amaliy yordam berish kabi muhim vazifalarni amalga oshirishmoqda.

 Aniqlangan ishsiz yoshlarni ishga joylashtirib, aholining ijtimoiy maishiy muammolarini hal etish choralarini ko‘rayotgan shtab esa ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish bilan birga ma’lumotlarni umumlashtirib bormoqda. Xususan, Qoraqalpog’iston Respublikasida ham Dastur ijrosini ta’minlash borasida samarali ishlar ollib borilmoqda. Respublika ishchi guruhi a’zolari Mo‘ynoq tumanidagi yoshlar bilan ham uchrashdilar. Yoshlar issiqxona tashkil qilish, non va makaron mahsulotlarini ishlab chiqarish, maishiy texnika xizmatlari ko‘rsatish, kutubxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida biznes loyihalarini taqdim etdilar. Yoshlarning 14 nafariga jami 1 mlrd. 825 mln. so‘mlik kredit ajratishga qaror qilindi.

Uchrashuvlar davomida yoshlarning tilak-istaklari hisobga olinib, Yoshlar ittifoqi tomonidan Mo‘ynoq sanoat-transport kasb-hunar kollejida joylashgan “Yoshlar markazi” uchun 10 ta tikuv mashinasi, 10 ta kompyuter va boshqa texnik jihozlar, shuningdek kollej sport zali uchun inventarlar ajratish belgilab olindi.



Ulashing:

E'lon