logo
. . .


12-iyul kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida 20-30 yoshlilar orasida  “Yosh kitobxon” tanloviga juda qiziqarli tus olmoqda. Ishtirokchilar talaygina. Tuman yoshlarini birlashtirgan bugungi tanlov  a'lo darajada tashkil etildi. Tanlov  tuman hokimi  Abduvahob Ulashbayevich tomonidan ochib berildi. 

Tanlov oldi bir nechta kitobxonlar maxsus sovg’alar bilan ham taqdirlandi. Tuman Yoshlar ittifoqi raisi Sirojjidin Ziyovuddinovich tashrif buyurib barcha kitobsevarlarga omad tiladi. Bugungi barcha kitobxonlarni birlashtirgan tanlovda ishtirokchilar bilimlarini sinashga tayyorlar.

Har bir yosh she'riy, badiiy, detektiv kitoblarni shunchaki o’qib yurardi. Hozirgi kunga kelib esa mana shu kitobxonlarni saralab ularni butun jahonga tanitish maqsadida  bu kabi ko’rik tanlovlar haqiqiy suyanch bo’ladi desak mubolag'a bo'lmaydi. Bugun  tashkil etilgan tanlov shaffoflikka tayangan, to'la to'kis nazoratga olingan holda tashkil etilgani  meni va barcha yig'ilgan kitobsevarlarni quvontirdi.

Tanlovning online tarzda o’tkazilishi tanlovdagi adolatli muhit yaratilganligidan dalolatdir. Unda barcha ishtirokchilar uchun o’z bilimini yanada oshirish hamda sinashga zamin yaratilganidan kitobxonlarimiz mamnun. 



Ulashing:

E'lon