logo
. . .


14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Qorovulbozor tumanidagi 75/51-sonli harbiy qismda ham O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Ta’sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Yoshlar ittifoqining viloyat Kengashi mas’ul xodimlari, bir yillik muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar, harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Kengash yig‘ilishi davomida Yoshlar ittifoqining maqsad va vazifalari, amalga oshirayotgan faoliyati, shu bilan bir qatorda, harbiy xizmatni o‘tagan yoshlarga beriladigan imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Yig‘ilish yakunida ko‘pchilikning ovozi bilan Dilmurod Qosimov Yoshlar ittifoqining harbiy qismdagi Yoshlar yetakchisi etib saylandi.

Dilmurod Qosimov bildirilgan ushbu ishonchni oqlashiga ishonamiz. Chunki uning nigohlarida buyuk kelajak yashayapti!



Ulashing:

E'lon