logo
. . .


Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining 26 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyatida katta bayram tadbiri tashkil etildi.

Bayram avvalida harbiy xizmatchilar, muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar, faol yoshlar, shuningdek, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi qoshida tashkil etilgan “Jasorat” klubi a’zolari “Ko‘hna va boqiy Buxoro” monumenti poyiga gulchambar qo‘yishdi.

Ishtirokchilar tantanali gul qo‘yish marosimidan so‘ng, viloyat musiqali drama teatrida sharafli va mashaqqatli kasb egalarining kasb bayramlarini munosib nishonlashga qaratilgan shodiyonaga yo‘l olishdi.

Bir guruh fidoyi askarlar, harbiy xizmatchilarga orden va medallar topshirildi.

Kuy-qo‘shiqlar, iste’dodli yoshlardan tuzilgan raqs dastalarining go‘zal chiqishlari yig‘ilganlarni mamnun qildi. Ayniqsa, konsert dasturidan o‘rin olgan “Jasorat” klubi a’zolarining katta sahnadagi mahorati barchada unutilmas taassurot qoldirdi.

“Jasorat”chilar ham kelajakda Vatanimizning munosib himoyachilari bo‘lib yetishishga va’da berdi.

Konsert dasturi bayram dasturxoni atrofida davom etdi.



Ulashing:

E'lon