logo
. . .


Tabiat yaratgan mo‘jizalar insonni hamisha hayratlantirib keladi. Aslida-ku mo‘jiza emas narsaning o‘zi yo‘q. Biroq, shunday narsalar borki ularni ko‘rib, qoyil qolmasdan iloj yo‘q.

Ana shunday lol qoldiruvchi tabiat tuhfalarining ayrimlarini e’tiboringizga havola qilamiz.

O‘zbekiston. Yoshi salkam ming yilga teng ulkan Sayrob chinori. Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Sayrob qishlog‘ida joylashgan ushbu bahaybat daraxt kovagida bugungi kunda mo‘jaz muzey tashkil etilgan.

Janubiy Afrika. Baobab nafaqat dunyodagi eng ulkan, balki eng uzoq umr ko‘ruvchi daraxt hamdir. Janubiy Afrikadagi Mojajiskluf shahridagi olti ming yoshli baobab daraxtining ichiga “Sunland Baobab Pub” deb nomlanuvchi bar joylashgan. 

Fransiya Normandiyasidagi Aluvil-Belfos qishlog‘ida rohiblar ibodat qiladigan mehrob eman daraxti ichida joylashgan.

AQSHdagi Patrik Dogertining daraxt-uyi. Amerikalik Patrik Dogerti daraxt va butalardan antiqa inshoot va shakllar yasagan.

Kaliforniyadagi daraxt-tonnel. Leget shaharchasida ulkan sekvoyyalar o‘suvchi milliy park bor. Park ichidagi yo‘lning o‘rtasida sekvoyya daraxti o‘sadi. Lekin u avtomobillar qatnoviga xalal bermaydi, chunki o‘tgan asrning o‘ttizinchi yillarida uning orasidan tonnel o‘tkazilgan. Bu daraxt haligacha qurib qolmaydi va har bahorda yangi yaproq chiqaradi.

O‘zA



Ulashing:

E'lon