logo
. . .


Joriy yilning 10-avgust kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Yoshlar markazining kichik majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi “Respublika yosh olimlar kengashi” nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda “Intellektual mulk obyektlarini himoya qilishning huquqiy asoslari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktori Alisher Fayzullayev, Intellektual mulk agentligi bosh direktori o‘rinbosari Bahodir Sa'dullayev, Intellektual mulk agentligi Talabnomalarni rasmiy ekspertizasi bo‘limi boshlig‘i Saidahmad Azimov, Mualliflik huquqi va litsenziyalash bo‘limi boshlig‘i O‘ktam Ibragimov, Intellektual mulk agentligi matbuot kotibi Go‘zal Vapayeva kabi soha mutasaddilari ishtirok etdi.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad respublikamiz yosh olimlarini Intellektual mulk sohasidagi huquqiy madaniyatni oshirish, intellektual mulk obyektlari muhofaza qilinishining afzalliklari to‘g‘risida ma’lumot berishdan iborat.

Tadbir qatnashchilari bo‘lgan yosh ixtirochilar, ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilarga Agentlik mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasida ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari, dasturiy mahsulotlar va boshqa obyektlarga talabnomalar tuzish, ularni Agentlikka topshirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalari, shuningdek intellektual mulk obyektlarining noqonuniy muomalasini oldini olish, kontrafakt mahsulotlar tarqatilishiga qarshi kurash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

- Ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari va boshqa intellektual mulk obyektlarini ekspertizadan hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, patent hujjatlarining davlat fondini va intellektual mulkning rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgan obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish bilan bog‘liq jarayonlar, ularni saqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘ldik deydi, - Respublika yosh ijodkorlar kengashi a’zosi Islom Asilbekov.

Davra suhbati davomida qatnashchilar o‘zlarining Respublikamizda intellektual mulkni himoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga Agentlik rahbariyati va mutaxassislar tomonidan to‘laqonli javoblar berildi.



Ulashing:

E'lon