logo
. . .


Bunga qanday amaliy ish sabab bo'ldi...

Avval xabar berganimizdek, Davlat maslahatchisi boshchiligidagi respublika ishchi guruhi tomonidan Xorazm viloyatida mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash maqsadida o‘rganishlar olib borilmoqda.

Mahallalarni obod qilish, aholining dardiga quloq tutib ularning muammolarini joyida hal qilish borasida amaliy vazifalar taqsimlanib, ularning deyarli bari joyida o‘z yechimini topmoqda.

Urganch tumanida mavjud o‘nlab mahallalarda, jumladan, "Uyshun", "Merganovul", "Shohidallo", "Jayhun", "Ayoqbo‘y", "Do‘rman", "Qumrobot", "Yoshlik" mahallalarida katta ariqlar tozalandi, ko‘chalar obodonlashtirilib, imkoniyati cheklangan oila farzandlariga ko‘mak berilmoqda.

Kam ta’minlangan, uy-joyga muhtoj oilalarni namunali uylar bilan ta’minlash masalalari kun tartibiga qo‘yilib, ko‘rib chiqilmoqda. Aholining muammolari yuzasidan Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish shirkatlari faoliyati jadallashtirilmoqda.

Xususan, o‘rganishlar davomida "Uyshun" mahallasidagi "Ishonch" ko‘chasida elektr yenergiyasi kuchlanishi juda pastligi sabab bu ko‘chaga yangi transformator o‘rnatildi.

—Elekt renergiyasi kuchlanishi pastligi sabab na konditsioner ishlata olardik va na muzlatgichdan foydalana olardik. Yangi tarnsformator tufayli mahallamiz aholisi endi bemalol elektr energiyasidan foydalana oladi. “Ishonch”da umid chirog‘i yondi bugun, — deydi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Qosim Yo‘ldoshev.

"Jayhun" mahallasida esa ichak-oshqozon kasalliklari ko‘paygani, sababi ichimlik suvi mahalla aholisiga yetarli darajada yetib kelmayotgani ma’lum bo‘ldi.

— Ichimlik suvi bilan yetarli darajada ta’minlanmaganmiz. Shu sabab bolalarda ichak-oshqozon kasalliklari vujudga kela boshladi. Kuni-kecha davlat maslahatchisining ishchi guruhi muammolarimizni yozib bilib ketishgandi. Har doimgidek muammo hal bo‘lmasdan bizga qo‘l silatashadi deb o‘ylagandik. Bugun yertalabdan ichimlik suvi quvuri qazib ko‘rildi va unga jo‘mrak o‘rnatib bizni doimiy suv bilan ta’minlashga harakat boshlab yuborildi. Qahramon akadan minnatdormiz, — deydi mahallada istiqomat qiluvchi nafaqaxo‘r Darmonjon Karimova.

Ishchi guruhlar tomonidan o‘rganishlar davomida xizmat vazifasiga loqaydlik bilan yondashayotgan rahbarlarga ham o‘z o‘rnida ogohlantirish berilmoqda...

O'rganishlar davom etadi...



Ulashing:

E'lon