logo
. . .


Farhod Ro‘zimov 2016-yil 11-dekabr kuni ehtiyotsizlik orqasidan avtohalokat sodir etdi. Ming afsuski, jabrlanuvchi voqea joyida vafot etdi. Unga sud tomonidan 5 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilangandi. Kuni-kecha Prezidentimiz tomonidan bu yigitning qilmishi kechirildi.

— Prezidentimiz 2700 nafar maxbusni ozodlikka chiqarish borasidagi tashabbuslari mening hayotimda tub burilish yasadi. Oilam bag‘riga qaytdim. Ozod bo‘ldim. Yoshlar ittifoqi a’zolari uyimga kelib, o‘qishingni tiklab beramiz deyishdi. Ularning ko‘magi bilan kecha o‘qishga chiqdim. Kursdoshlarim, ustozlarim bilan ko‘rishdim. Oldiniga biroz cho‘chidim. Negaki, munosabat oldingidek samimiy bo‘lishiga ishonchim komil emasdi. Uchrashuvdan so‘ng, fikrimdan uyalib ketdim. Ular meni shu darajada iliq kutib olishdiki... Tengdoshlarim qatorida men ham Ittifoq sardori bo‘lmoqchiman. Men ham boshqalar kabi faol yoshlar qatoriga qo‘shilaman, hayotimni izga solaman. Menga shuncha ishonch bildirgan insonlar uchun ham men buni eplayman.



Ulashing:

E'lon