logo
. . .


Bola tarbiyasiga javobgarlik masalasi oilaning, mahallaning, jamiyatning istiqboliga e’tibordir. Har qanday davlatning kelajagi iqboli albatta, o‘sib kelayotgan avlodning ma’naviyati va axloqiga, ta’lim-tarbiyasiga, intellektual salohiyatiga bog‘liq. Shuning uchun ham respublikamizda yoshlarga katta e’tibor qaratib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida joriy yilning 27-iyul kuni o‘tkazilgan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan, shuningdek, jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir qilgan, jazo muddatini o‘tayotgan, o‘z joniga qasd qilishga uringan yoshlar, “Yoshlar kafilligi” asosida sud zalidan ozod qilinib, yengil jazo tayinlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni asosida afv etilgan yoshlar bilan yakka tartibda ishlash maqsadida Yoshlar press klubining “Yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarlik va jinoyatchilik: sabab va oqibatlari. Jinoyat haqiqati va adolati” mavzusidagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari – Mukarram Nurmatova, O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi o‘rinbosari – Abdullaziz Mansurov, Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi raisi o‘rinbosari – Zafar Ro‘ziyev, Bosh prokuratura Ichki ishlar orgnalarida qonunchilik ustidan nazorat boshqarmasi (16-boshqarma) katta prokurori – Adxam Jalolov,Oliy Sud sud’yasi – Zafar Nazarov, IIV Tergov departamenti bo‘lim boshlig‘i – Feruz Badalbayev,IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i – Zafar Abduxalikov, IIV HPBB bo‘lim boshlig‘i –Islomiddin Xalikov, IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi matbuot xizmati boshlig‘i – Abduhoshim Ziyoddinov, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi direktori – Vasila Alimova, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i – Otabek Bozorov, Kasb-hunar ta’lim markazi boshqarma boshlig‘i – Salohiddin Sanaqulov,Adliya vazirligi Matbuot xizmati bosh maslahatchisi – Shaxnoza To‘raxo‘jayeva,Davlat soliq qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i, yetakchilar Kengashi raisi – Muzaffar Nazarov,Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i – Hakimjon Jo‘rayev, Milliy Gvardiya Harbiy-texnik instituti professori – Davron Mirazov, Davlat test markazi bosh yuriskonsulti – Guljahon Madrahimova, “Oila” markazi bo‘lim boshlig‘i – Inobat Karimova hamda yozuvchi – Tohir Malik, Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yu.f.d. – Feruza Muhitdinova, Milliy Gvardiya Harbiy-texnika instituti katta o‘qituvchisi, dotsent – Nurali Qo‘shayev,Toshkent shahar IIBB HPB boshlig‘i – Shavkat Mirzaaxmedov,Toshkent shahar IIBB JTSB PPX boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – Aziz Sultonov, Toshkent shahar voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i – Abdurashid Ochilov,Yunusobod tumani IIB boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – G‘ayrat Toshbekov,Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professori, p.f.d – Omina Karimova va yoshlar qatnashdi.

Press-klubda jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir qilgan, jazo muddatini o‘tayotgan, o‘z joniga qasd qilishga uringan yoshlar hamda “Yoshlar kafilligi” asosida sud zalidan ozod qilinib, yengil jazo tayinlangan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni asosida afv etilgan yoshlar bilan yakka tartibda ishlash maqsadida yangi mexanizm yaratish ustida muhokama olib borildi. Joriy yilda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va o‘z joniga qasd qilish holatlari tahlili raqamlar bilan ochib berildi. Suitsid sodir etishga imkoniyat yaratgan oilaviy muhit, jarayon ularning yaqinlari ishtirokidapsixologik tahlil etildi.

Yoshlar press klubining mazkur sessiyasida hisobotlarga emas, aksincha mavjud muammo, aniq yechim va takliflarga tayanilgan holda yoshlar bilan bog‘liq huquqbuzarlik va jinoyatchilikning sabab va oqibatlari, xususan, ularni keltirib chiqaruvchi omillar, turli zararli illatlar vaboshqa masalalarga o‘rtaga tashlanib, mavzuga doir jamoatchilik fikri tinglandi. Jumladan, poytaxtning Yunusobod tumanidagi tungi klubda o‘ldirilgan sportchi Jamshid Kenjayev voqeasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari ichki ro‘yxatida turuvchi hamda Ichki ishlar profilaktika ro‘yxatida turuvchi yoshlar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi kafilligi bilan ozod qilingan, avf orqali ozodlikka chiqqan, o‘z joniga qasd qilishga uringan yoshlar shuningdek, imom-hatiblar,Toshkent shahri Chilonzor, Uchtepa tumanlaridagi mahalla raislarining fikr mulohazalari bilan ochiq muloqot qizg‘in tus oldi. Ular o‘rtasidagi o‘zaro munozaralar, savol-javoblar orqali bir qator muammolar o‘z yechimiga ega bo‘ldi.

Ochiq muloqotda O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi o‘rinbosari – Abdullaziz Mansurov jinoyatchilikning kelib chiqish sababini kitobxonlikdan uzoqlashish bilan izohladi. “Farzandlarimiz ma’naviy yuksalish o’rniga OAV laridagi jinoiy lavhalarni ko’rib diydasi qotib ketmoqda. Buning oqibatida turli ko’ngilsizliklarni o’zlari boshchiligida keltirib chiqaryapti. Qolaversa, ota-onaga, kattalarga hurmatsizligi bilan milliy urf odatlarimizni, ulug’ qadriyatlarimizni poymol etmoqda. Axir, dinimizni milliy urf-datlarimiz va qadriyatlarimiz asrab qoladi. Suhbatimizda ko’tarilayotgan muhokama ya’ni yoshlarning tungi klublardagi hayotidan ularga ham diniy ham dunyoviy savodxonlik yetishmasligiga guvoh bo’lyapmiz”, – deydi Shayx hazratlari.

Shaxnoza Nurullayeva

 

 



Ulashing:

E'lon