logo
. . .


Jizzax viloyatining qator tumanlarida O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat kengashi tashabbusi bilan o’tkazilayotgan sayyor uchrashuvlar davom etmoqda.

Navbatdagi uchrashuv viloyatning eng katta tumanlaridan biri —Zominda olib borildi. Unda asosan kollej bitiruvchilari, uyushgan va uyushmagan yoshlar hamda mahallalar aholisi ham ishtirok etdi.

Mazkur sayyor uchrashuvda tuman hokimligi, O’zbekiston Respublikasi Milliy tiklanish demokratik partiyasi Jizzax viloyat Kengashi, “Xalq banki” Zomin tuman filiali, Jizzax viloyat bandlik Bosh boshqarmasi va qator tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Unda asosan yoshlarning mavjud muammolari, takliflari ko’rib chiqildi. Uchrashuvda yoshlar tomonidan tadbirkorlik, uni boshlash va loyihalashtirish, bankdan kredit olish va ta’lim krediti, oliy ta’lim muassasalariga kirish borasidagi imtiyozlar, hududdagi ijtimoiy va maishiy muammalar yuzasidan turli savollar berildi.

Mutasaddi tashkilot vakillari ushbu savollarga aniq va lo’nda javob berishdi.



Ulashing:

E'lon