logo
. . .


O'zbekiston yoshlar ittifoqi Peshko' tuman Kengashi raisi tizimli asosda tumandagi uyushmagan yoshlar, darslarga qatnashmayotgan o'quvchilarning xonadonlariga tashrif buyurib, ularning muammolarini o'rganmoqda.

Kecha ham Sanoat kasb-hunar kollejining 2-bosqich o'quvchisi, Ichki ishlar boshqarmasi profilaktik hisobida turuvchi Karimjon Ismatovning xonadoniga bo’ldi.

Ma'lum bo'lishicha, Karimjonning onasi vafot etgan, u otasi qaramog'ida qolgan. Lekin otasi ham bir necha kundan buyon Xorazm viloyatida ekan.

Kattalarning e'tiborsizligi sabab, Karimjon bir haftadan buyon darslarda ishtirok etmayapti.

Yoshlar ittifoqi xodimlari mahalla faollari bilan birgalikda Karimjon bilan alohida suhbat o’tkazishdi. Unga maslahatlar berib, ta'lim muassasasida tashkil etilgan to'garaklarga jalb etishdi.

Eng quvonarlisi esa, Karimjon bugun o'qib, bilim olsagina, kelajakda komil va xalqimiz, jamiyatimiz uchun kerakli inson bo'lib yetishishini tushunib, bundan keyin bir soat ham dars qoldirmaslikka va’da berdi.



Ulashing:

E'lon