logo
. . .


Avval xabar berganimizdek, Markaziy Kengash raisi o‘rinbosari Kamoliddin Beknazarov Navoiy viloyatida bo‘lib, yoshlar hayotida uchrayotgan muammolarni o‘rganib, ularni bartaraf etmoqda. Avf etilgan yoshlarning bandligini ta’minlab, “Jasorat” klublari faoliyatini o‘rganmoqda. Eng muhimi, quyi tizimlardagi tashkilotning bo‘g‘inlariga amaliy ko‘mak bermoqda.

Bugun ham bir nechta ochiq muloqotlar o‘tkazildi. Jumladan, Karmana tuman Kengashida Yoshlar yetakchilari, “Kamalak” Sardorlari bilan samimiy suhbat tashkil etildi.

Avvalo, Yoshlar yetakchisiga qo‘yilayotgan talablar, berilayotgan imtiyozlar haqida ma’lumot berildi. Ularning faoliyatida uchrayotgan muammolar ochiq muhokamaga qo‘yildi. Fidoyilikka chaqirildi.

Birgina misol... Tumandagi 15-sonli umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi Asadbek Muyassarov jismoniy tarbiya darslarini o‘tkazish uchun ta’lim muassasasida sharoitlar yo‘qligi, hattoki oddiy to‘plarning berilmasligi haqida kuyinib gapirdi.

Nega muassasada ahvol shu darajaga yetib kelgan?
Nima, maktab ma’muriyatiga sportsevar o‘quvchilar kerak emasmi?

Shu kabi savollar muhokama etilib, muammo joyida bartaraf etildi. Yoshlardan tizim faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha 30 ga yaqin takliflar olindi.



Ulashing:

E'lon