logo
. . .


Xabaringiz bor, 2017-2018-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “katta yetakchi” va “to‘garak rahbari” shtat birliklari tugatildi. Uning o‘rniga lavozim maoshi yuqori sinf o‘qituvchisiga tenglashtirilgan Yoshlar yetakchisi shtat birligi joriy etildi.

Bugun respublika bo‘ylab Yoshlar ittifoqining minglab Yoshlar yetakchilari faoliyat yuritmoqda. Shulardan biri Navoiy viloyati, Karmana tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabi yetakchisi Shahlo Yo‘ldosheva.

Nega biz aynan ushbu yetakchining faoliyatiga qiziqdik?
Yaxshisi, o‘zingiz o‘qing!

Shahlo Yo‘ldosheva maktabda ichki nazoratda turuvchi Shukrullo ismli o‘quvchini boshqa o‘quvchilar qatori turli to‘garaklarga jalb etdi. Psixolog bilan tizimli muloqotini tashkil etdi.

Keyinchalik angladiki, Shukrullo tikuvchilik hunariga juda qiziqarkan.

Yetakchining tashabbusi shu nuqtada yaqqolroq ko‘rindi. O‘quvchisiga tikuvchilikning sir-asrorini o‘rganish maqsadida 
uyidan o‘zi foydalanayotgan tikuv mashinasini maktabga olib keldi. Xonasiga o‘rnatdi. Shukrulloga hunarni o‘rgatishni boshladi.

Ayni vaqtda dastlabki natijalarga ham erishildi. Shukrullo bir nechta sinfxonalarning pardalarini tikib berdi. O‘z ishiga mehri baland. Maktabni bitirib shu yo‘nalishda tadbirkorlik qilmoqchi.

Yetakchining tashabbusi bilan Shukrullo maxsus ro‘yxatdan chiqarildi.

Barakalla, Yetakchi!



Ulashing:

E'lon