logo
. . .


11 iyul kuni Kattaqo‘rg‘on shahrida ishchi guruhlar tomonidan “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha “Chinobod”, “Damariq”, “Haydarchaman”, “Do‘stlik”, “Qorirovot” mahallasida fuqarolar bilan uyma-uy kirib suhbatlar o‘tkazildi.


Mahalladagi o‘rganishlar natijasida jami 151 ta xonadonga kirib chiqilgan bo‘lib, 48 ta muammolar aniqlangan. Jumladan, bandlik sohasida 16 ta, tadbirkorlik sohasida 7 ta, bank krediti sohasida 11  ta, fermerlik bo‘yicha 6 ta, qurilish sohasida 11 ta, ta’lim muassasalari bo‘yicha 1 ta, uy-joy masalasida 2 ta va boshqa masalalarda 7 ta muammolar aniqlangan.


- Hududlardagi bu kabi o‘zgarishlar ijobiy natija berishi aniq. Yaqin kelajakda xalq hayoti yanada farovon bo‘lishi shubhasiz. Aholi xonadonlarida bo‘lib, shu narsaga amin bo‘ldimki, ko‘plab hududlarda gaz va elekt energiyasi kabi muammolar bartaraf etilgan. Bu esa xalqning yashash sharoitini osonlashtirgan. Endilikda tadbirkorlik qilaman va yoki biror ishda ishlab davlatimizga xizmat qilaman degan yoshlar safi anchagina, - deydi Mehriddin Raxmatov. 


Aniqlangan muammolardan 11 tasi joyida hal etilgan bo‘lib, shundan, bandlik sohasida 2 ta, tadbirkorlik sohasida 1 ta, bank krediti sohasida 5 ta, fermerlik bo‘yicha 1 ta va boshqa 2 ta  masalalar joyida hal etildi.


Mahallalarda 2 nafar fuqaroni ish bilan ta’minlanishi uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.



Ulashing:

E'lon