logo
. . .


Joriy yilning fevral oyida “Yoshlar” telekanalida “Yosh kitobxon” tanlovining 2017-yilgi final bosqichi telebellashuv tarzida efirga uzatilganligi, uning ustiga g‘oliblar uchun Prezident sovg‘asi – “Spark” avtomashinasi bosh sovrin sifatida taqdim etilishi yilning eng shov-shuvli xabariga aylangan edi.

Bu yilgi tanlovda sirdaryolik 150 nafar yoshlar ham mahalliy bosqichlarda g‘olib bo‘lmoq va viloyat bosqichiga yo‘llanma olmoq uchun jon-jahdi bilan ilm maydonida kuch sinashishdi.
Mirzaobod tumanida tashkil etilgan tanlov ham shaffof tarzda o‘tkazildi.

Bu yilgi bellashuvlar o‘zining qizg‘in raqobatga boyligi, kitob o‘qigan, uni qadrlaydigan yoshlarning ishtiroki bilan o‘zgacha kayfiyatda o‘tkazildi.

– Tuman bosqichida kuchli kitobxonlar ichida g‘olib bo‘ldim. Aslida, kitobni sevgan inson hech qachon mag‘lub bo‘lmaydi. Endilikda viloyatda ham faol ishtirok etaman, – deydi yosh kitobxonlardan biri Yorqinjon Xayitboyev.



Ulashing:

E'lon