logo
. . .


Xabaringiz bor, joriy yilning fevral oyida O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi qoshida "Family Volunteers"(Ko'ngillilar oilasi) guruhi tashkil etilgan.
Tez kunlarda ushbu guruh o'zining yana bir yangi "New Stage 1.0" loyihasini yo'lga qo'yadi!
Shu munosabat bilan, "Ko'ngillilar oilasi" a'zolari safini kengaytirish va tajribasini oshirish maqsadida 4-6 may kunlari "Yoshlar oromgohi"da o'quv-seminar tashkil etilmoqda! Shuningdek, oromgohda yoshlar uchun turli xil master-klasslar ham o’tkaziladi
Loyihada ishtirok etish uchun talablar: faqatgina guruhning faoliyati haqida ma'lumotlarga ega bo'lish (guruhning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali bilib olishlari mumkin) va suhbatdan muvaffaqiyatli o'tish!
Suhbat 21 aprel kuni soat 10:00 va 15:00 da O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi binosida bo’lib o’tadi!
Shoshiling, Sizni quvnoq do’stlar davrasi va kelajagingiz uchun ajoyib imkoniyat kutmoqda!

Online ro’yhatdan otish: Ro'yxatga olish



Ulashing:

E'lon