logo
. . .


Bu bolakay o‘qish va yozishni bilmaydi. Yoshi oltida. Сhap qo‘lida rasm chizishni qoyillatadi.

Eng qizig‘i, samarqandlik Javlonbek Noralovning murabbiyi yo‘q. Unga hech kim rasm chizishning sir-asrorlarini o‘rgatmagan.

Bu bolakay haqida Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi xabar topgandan so‘ng, uni qidirib bordi.

Қаҳрамон Қуронбоев - Kahramon Kuranbaevning rasmi.

Sehrli mo‘yqalam sohibi Narpay tumanidagi “Obod qishloq” loyihasiga tushgan “Bo‘ston” qishlog‘ida istiqomat qilarkan.

2012-yili shu qishloqda tug‘ilgan. Suhbat jarayonida yetakchilar bu bolakayning yana bir xislatini ko‘rishdi.

Qalamni bir bossa, bo‘ldi, ijodiy ishni tugatmaguncha uzmaskan.

Қаҳрамон Қуронбоев - Kahramon Kuranbaevning rasmi.

Eng ajablanarlisi, Javlonjon shuncha chizgan rasmlarining birontasida, bir marta bo'lsa ham o‘chirg'ichdan foydalanmagan.

Marhamat, favqulodda iste’dod egasi 6 yoshli yigitcha chizgan rasmlar bilan tanishing.

Yoshlar ittifoqi bolakayning iste’dodini qo‘llab-quvvatlab, uning dunyoga mashhur rassom bo‘lib yetishishi uchun mavjud barcha imkoniyatlarini safarbar etadi.



Ulashing:

E'lon