logo
. . .


Joriy yilning 9-iyun kuni Respublika yosh olimlar Kengashi tashabbusi bilan oliy ta’lim muassasalaridagi malakali mutaxassis-o‘qituvchilar, mustaqil izlanuvchi-tadqiqotchilar va talabalar ishtirokida Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi Langar-ota qishlog‘ida ilmiy-tadqiqot ekspeditsiyasi o‘z ishini boshladi.

Ekspeditsiya yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ajdodlar merosiga hurmat va ehtirom singari yuksak qadriyatlarimizga vorislik hissini shakllantirish, yosh olimlar ishtirokida tarixiy-ilmiy tadqiqot obyektlarini tizimli o‘rganish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Tadqiqotchilar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ekspeditsiyasining obyekti bo‘lgan Langar-ota manzilgohidagi tarixiy-arxeologik yodgorliklari qadimgi bronza davriga oid bo‘lib, qabr manzilgohlarining mavjud ekanligi, qadimgi qoyatosh suratlari, sopol buyumlari, chorva mollari saqlanadigan qo‘tonlar, Amir Temur davriga oid masjid saqlanib qolganligi bilan ajralib turadi.

Yosh olimlar ilmiy-tadqiqot ekspeditsiyasining birinchi kunidayoq qadimgi davrga oid sopol parchalari, turar-joy binolarining devor qoldiqlari va o‘choq izlari, hatto qadimgi ajdodlarimiz qabr-yodgorliklarini topishdi.

Ekspeditsiya a’zolari o‘zlariga yuklatilgan vazifani mas’uliyat bilan bajarishmoqda. Ijobiy natijalar kutib qolamiz!



Ulashing:

E'lon