logo
. . .


Surxondaryo viloyatida O’zbekiston ingliz tili o’qituvchilari uyushmasi hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil qilingan  “Liderlik lageri” (Leaders camp-2018) o’z nihoyasiga yetdi. Mazkur o’quv-seminarda Respublikaning barcha hududidan saralangan 150 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etishdi.


Termiz shahridagi “Amudaryo” bolalar sog’lomlashtirish oromgohida  bo’lib o’tgan “Liderlik lageri”da 15 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar 1 hafta davomida turli sohalarda liderlik darajasiga yetish, jamoa bilan ishlash, shuningdek chet tillaridan ham saboq olishdi. Malakali, yosh trenerlar tomonidan o’tilgan “Biznesda liderlik”, “O’zbekiston NNTlarning o’rni va ahamiyati”, “Ichki siyosatda liderlik. O’zbekistonda siyosiy partiyalarning o’rni” kabi mavzular, shuningdek, turli interaktiv o’yinlar seminar ishtirokchilarining dunyoqarashi o’sishiga, o’zlari tanlagan sohalarida motivatsiyani rivojlantirishga ko’mak beradi.


“Lagerdagi barcha o’quv-seminarlar erkin holatda o’tilmoqda. Yoshlarga til erkinligini ham berganmiz. Istaganlar, rus, ingliz, o’zbek tillarida fikr almashishmoqda. Trenerlarni ham maxsus tanladik.

Hozircha 10 nafar trenerlar yoshlarimizga seminar o’tishmoqda. Seminarning so’ngu kunlari yana 2 nafar malakali mutaxassislar tashrif buyurishadi. Asosiy maqsadimiz, mamlakatda har qanday sohada ham lider yoshlarni tayyorlash. Ichki siyosat, xalqaro munosabatlarda ham o’z so’zini ayta oladigan, qat’iy pozitsiyada tura oladigan yoshlargina taraqqiyot poydevori bo’la oladi-, deydi seminar tashkilotchilaridan biri Komiljon Abdurahmonov.


Mazkur o’quv-seminar davomida yoshlar Termiz shahridagi diqqatga sazovor binolarga ham sayohat uyushtirishdi. Yakunda ishtirokchilar maxsus sertifikatlar bilan ham taqdirlanishdi.



Ulashing:

E'lon