logo
. . .


O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengash raisi o’rinbosari O’tkir Shukurov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan G’uzor tumanida o’tkazilgan o’quv-seminardan so’ng, Yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqot ham tashkil etildi.

- Bizning tibbiyot birlashmamizda xodim va bemorlarimiz uchun kutubxona tashkil etsak, degandim, - dedi birlashmaning Yoshlar yetakchisi Samadova Xumora. – Bu imkoniyat xodimlarimizni ma’naviy saviyasi yuksalishiga, bemorlarimizni bo’sh vaqtlarini mazmuni tashkil etilishiga xizmat qilardi.

Ushbu istiqbolli taklif rais o’rinbosari tomonidan ijobiy qabul qilindi va joriy yilning o’zida ushbu tibbiyot birlashmasida “Yoshlar kutubxonasi” tashkil etiladigan bo'ldi.

Agar bu loyiha ijobiy natija bersa, respublikadagi barcha tibbiyot birlashmalarida kutubxonalar tashkil etiladi.



Ulashing:

E'lon