logo
. . .


Bugungi kundagi eng dolzarb masala — istaymizmi, yo‘qmi yoshlarning bandligi masalasi.

Yoshlarning bandligini ta’minlash — turli ma’naviy tahdidlardan, boshi berk ko‘cha — jinoyat ko‘chalaridan ularni asrab qolishning samarali usuli ham shu.

Xo‘sh, Surxondaryoda bu borada qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Ushbu savol bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyat Kengashi raisi Ohunjon Umarovga yuzlandik.

— Fikrimcha yoshlarni ish bilan ta’minlashda eng yaqin hamkor — xususiy tadbirkorlar. Viloyatdagi ko‘plab xususiy tadbirkorlar bilan mustahkam aloqani o‘rnatdik. Bu uchun eshikma-eshik kirib chiqdik. Qayerda yangi korxona ochiladimi yoki bo‘sh ish o‘rinlari bo‘ladimi, albatta, xabardor bo‘lamiz. Bu usul samara bermoqda. Ko‘plab yoshlarga amaliy ko‘mak bermoqdamiz, — deydi Ohunjon Umarov.

O‘tgan galgi xabarda Termiz tumanidagi “Surxon qog‘oz qayta ishlash” MCHJsida 45 nafar yosh ish bilan ta’minlanganligi haqida yozgan edik. Bu raqamlar yana oshdi.

Aniqrog‘i, Sherobod tumanidagi “Paxtaoy” MCHJ ish faoliyatini boshlagandan so‘ng, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi yordami bilan 82 nafar yosh ish bilan ta’minlandi.

Endi 82 nafar yosh vataniga ham, oilasiga ham foydasi tegadi, naf keltiradi.

Shu tartibda boshqa viloyat Kengashlari ham ishlasa bo‘ladi. Xohish va harakat bo‘lsa, albatta. Ittifoqning hozircha hech qanday ishlab chiqaruvchi korxona va firmalari bo‘lmasa ham yoshlarni ish bilan ta’minlay oladi.



Ulashing:

E'lon