logo
. . .


Sirdaryo viloyatida kuni-kecha navbatdagi sud ishi ko‘rildi.

Sud jarayonida jamoatchilik asosida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi vakillari ishtirok etdi.

1995-yilda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida tug‘ilgan, Guliston davlat universitetining jismoniy madaniyat fakulteti 4-bosqich talabasi Sanjar Abduhamidovga imkon berilib, sud zalidan ozod etildi.

Vaziyat bo‘yicha Yoshlar ittifoqi barcha ma’lumotlarni sudga taqdim qildi. Talabaning oldin sudlanmaganligi, qilmishni bilib-bilmay sodir etganligi, chin ko‘ngildan pashaymonligi, turli davlat va nodavlat tashkilotlarining tavsiyanomalarini birma-bir izohlab berdi.

Bir so‘z bilan aytganda, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi Sanjarbekga kafil bo‘ldi.

— Men qilgan ishimdan pushaymonman. Biz yoshlarga imkon yaratib berayotgan Prezidentimizga minnatdorchiligimni bildiraman. O‘qishni bitirib Vatanimga foydam tegadigan farzand bo‘laman, — .dedi Sanjar Abduhamidov.

Maqsadimiz — yoshlarga imkon berish! Bundan ular to‘g‘ri foydalana olishlariga esa ishonamiz!



Ulashing:

E'lon