logo
. . .


Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-noyabrdagi PQ-3402-son Qarori bilan “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti ta’sis etilgan edi. 
Ushbu davlat mukofotiga nomzodlarni qabul qilish ishlari mahalliy Kengashlarda qay darajada ekanligini o’rganish maqsadida O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi mas’ul xodimi Nilufar Abbosxonova Ittifoqning Koson tuman Kengashida bo’ldi.

O’rganishlar natijasida nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish darajasi qoniqarsiz ekanligi, tumandagi mas’ul shaxs tomonidan hududiy Kengashga “25 nafar nomzod qabul qildik”, deb hisobot berilgan bo’lsa-da, atigi 10 nafar nomzodning hujjatlari qabul qilingani aniqlandi.

Tumandagi tashabbuskor, faol va iqtidorli yoshlar taqdiriga befarq qaragan, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash mas’uliyatini unutgan tuman Kengashi mas’ul xodimiga shu joyning o’zida hayfsan e’lon qilindi.



Ulashing:

E'lon