logo
. . .


Kuni-kecha Urganch shahrida Yoshlar ittifoqining shahar Kengashi tomonidan Idoralararo Kengash yig‘ilishi o‘tkazildi.

Kengash yig‘ilishida asosiy va dolzarb masala — korxona va tashkilotlarda Boshlang‘ich tashkilot faoliyatini tashkil etish masalasi tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlash joizki, Urganch shahrida bugungi kunda 224 ta korxona va tashkilotlar faoliyat yuritadi.

Ammo, ularning bir nechtasida haligacha Boshlang‘ich tashkilot ochilmagan.

Idoralararo Kengash yig‘ilishida 71 ta korxona tashkilotlar, jumladan, partiya Kengashlari, JIB Xorazm viloyat sudi, Viloyat kasaba uyushmasi, Urganch shahar DSI, “Xorazmavtotexxizmat” MCHJ, “Urganch tola” MCHJ, “O‘zbektelekom” AK Xorazm filiali, Xorazm Sport boshqarmasi, Xorazm viloyat Mehnat boshqarmasi, Oliy ta’lim muassasalarining Xorazm filiali rektorlari, Milliy bank, Ipoteka bank, Markaziy bank Xorazm filiallari vakillari ishtirok etdi.

Qolgan tashkilotlar vakillari qayerda? Nega yig‘ilishda ishtirok etmadi? Ular uchun yoshlarga oid davlat siyosati qiziq emasmi?

Mazkur tashkilotlar vakillariga BT faoliyatini tizimli, samarali yo‘lga qo‘yish eng dolzarb masala ekanligi alohida ta’kidlandi. Yoshlarning manfaati masalasida — hech narsaga e’tiborsiz qarab bo‘lmasligi uqtirildi.

Shunchaki boshlang‘ich tashkilotini ochib qo‘yish hech kimga kerak emasligiga urg‘u berildi.

Joylarda Boshlang‘ich tashkilotni ochishdan maqsad nima o‘zi?

Yoshlarning manfaatini himoya qilish, ularning loyihalarini amaliyotga tadbiq etish, inovatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy ko‘mak berish... va qator davlat taraqqiyoti bilan bog‘liq masalalar turibdi uning ortida!

Buni har bir davlat va nodavlat tashkiloti qanchalik tez tushunsa, maqsadga erishish shunchalik oson bo‘ladi.



Ulashing:

E'lon