logo
. . .


Ayni kunlarda ham Respublika bo‘ylab turli davlat va nodavlat tashkilotlarda Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlarini ochish davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 26 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi harbiy xizmatchilar, yosh qutqaruvchi va ularning oilasi ishtirokida Zangiotada joylashgan Maxsus avaria tiklash boshqarmasida ochiq muloqot o‘tkazdi.

Mazkur ochiq muloqotda O‘zbekiston xalq artistlari Rajab Adashov, Malika Ibrohimova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Lola Eltoyeva, iste’fodagi polkovnik O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Zikrilla Ne’mat, Muqimiy nomidagi musiqali teatri aktyori Nurbek Mamatov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Tinchlikni ta’minlashda soha vakillarining o‘rni nihoyatda yuqori ekanligi madh etildi.

Bayram tadbirida tashkiliy masala ham ko‘rildi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Maxsus avaria tiklash boshqarmasida Boshlang‘ich tashkilot ochildi.

Feruzbek Ne’matov yoshlar tomonidan bir ovozdan Yetakchi sifatida saylandi.

Mas’uliyat va ishonch muborak!



Ulashing:

E'lon