logo
. . .


Navoiy viloyati bosqichidan axborot beramiz!

“Кamalak” bolalar tashkiloti tomonidan “Onamga sovg’a”, “Mening farzandim sardor” loyihalari doirasida “Ota-onalar va sardorlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda viloyat sardorlarining onalariga 8-mart “Хalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan O’zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining tashakkurnomalari va sardorlarning o’z qo’llari bilan tayyorlagan bayramona sovg’alari taqdim etildi.

Tadbir davomida sardorlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, faoliyati davomida erishayotgan yutuqlar to’g’risida yig’ilganlarga ma’lumot berildi va ish jarayoni aks ettirilgan videolavha taqdim etildi.

Xususan, viloyat ittifoq Sardorlar Kengashi a’zosi, “Iste’dodli yoshlar” yo’nalishi sardori G’afforov Ibrohimjon Qobiljon o’g’li xotin-qizlarni bayram bilan tabriklab, faoliyati davomida erishgan yutuqlari, muvaffaqiyatlari bilan o’rtoqlashdi.

Eslatib o’tamiz, Ibrohimjon G’afforov joriy yilning 6-8-fevral kunlari Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan xalqaro konferensiya doirasidagi G’azalxonlik tanlovida g’olib bo’lib, Prezident sovg’asi-“Spark” avtomashinasi bilan taqdirlangan edi.

Bundan tashqari, Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning Navoiy viloyatiga tashrifi doirasida I.G’afforov so’zga chiqib, yig’ilganlar olqishiga sazovor bo’ldi.

Tadbir davomida viloyat “Kamalak” Sardorlar Kengashi sardori Sevara Sayfuddinovaning onasi Ozoda Yo’ldosheva so’zga chiqib, farzandlari o’z tengdoshlariga namuna bo’layotganligi, bir qancha natijalarga erishayotganligi va kerak bo’lsa, kattalardek fikrlayotganidan minnatdorligini bildirdi.



Ulashing:

E'lon