logo
. . .


Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida qurilgan “Yoshlar uyi”dagi xonadonlar turli sohalarda muvaffaqiyatlarga erishayotgan yosh oilalarga topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentyabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida bunyod etilayotgan zamonaviy, shinam va arzon uylar yoshlarni o‘z ustida muntazam ishlash, samarali natijalarga erishishga undaydi.

Bu uylar yurtimiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan, fan, ta’lim, madaniyat, sport va boshqa sohalarda yuksak natijalarga erishayotgan, respublika va xalqaro olimpiadalar, musobaqalar, festivallarda faol qatnashayotgan yigit-qizlarga berildi.

Hozirgi kunga kelib Toshkent shahrining Sergeli, Uchtepa, Bektemir, Mirobod va Chilonzor tumanlarida na’munaviy loyiha asosida jami 10 ta uydan iborat 288 xonadonli “Yoshlar uylari” barpo etildi hamda yosh oilalarga topshirildi.

2017-yilda Toshkent shahrining Olmazor, Yunusobod va M.Ulug‘bek tumanlarida har biri 192 xonadondan iborat bo‘lgan 10 ta “Yoshlar uylari” barpo etildi.

Bugun ham Mirzo Ulug‘bek tumani barpo etilgan 2 ta 16 xonadonli “Yoshlar uylari” 32 nafar yosh oilalarga boshlang‘ich badalsiz, 20 yil muddatga imtiyozli ipoteka krediti asosida to‘lab borish sharti bilan foydalanishga topshirildi.

Tashkil etilgan tadbirda tegishli davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar va ularning ota-onalari, keksa otaxon va onaxonlar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi faollari qatnashdi.

Ushbu uylar barcha talablarga javob beradigan, barcha qulayliklarga ega bo‘lib, tabiiy gaz, issiq va sovuq suv, telefon aloqasi hamda elektr energiyasi bilan to‘liq va uzluksiz ta’minlangan.



Ulashing:

E'lon