logo
. . .


Davlat maslahatchisi ushbu xonadon ostonasini ziyorat qilganda oila a’zolari yana bir necha kundan so‘ng uni yana mehmon bo‘lishini kutishmagandi. Norin tumani "Obod diyor" ko‘chasi 2-uyga Qahramon Quronboyevning tashrifi bilan bog‘liq jarayonlar haqida avvalroq xabar bergandik. 

Oradan bir necha kun o‘tib, Davlat maslahatchisi yana ushbu xonadonni ziyorat qildi. Oila ehtiyojlaridan kelib chiqib ularga gaz balon, gaz plitasi va tibbiy yordam berilgandi. Bu gal Yoshlar yetakchisi o‘tgan safar bir chetda iymanibgina turgan Mohlaroydan hol so‘rgani, unga o‘z orzulari sari intilishida qanot bo‘lgani keldi.

Oliy ta'limga tayyorlanishi uchun Yoshlar yetakchisi Mohlaroyga maxsus qo‘llanmalar va kitoblarni taqdim etarkan, u qo‘llarida o‘z orzularini tutgandek quvondi! U endi tayyorlanib, oliy ta'lim muassasasiga kiradi!

Mohlaroyning endi yaqin do‘stlari bor! Biz uning yorqin kelajagiga ishonamiz!



Ulashing:

E'lon