logo
. . .


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 22-dekabrdagi Parlamentga Murojaatnomasida bildirilgan tanqidiy fikrlaridan so‘ng moliya organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

Tizimni iqtidorli, shijoatli va vatanparvar yosh kadrlar bilan to‘ldirish bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borilmoqda.

Hozirgi kunga qadar Moliya vazirligi va uning hududiy organlariga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tavsiyasi bilan 1148 nafar yoshdan ishlash taklifi kelib tushdi.

Nomzodlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ular orasidan iqtidorli jami 289 nafari ishga qabul qilindi. Jumladan, 14 nafari markaziy apparatga, 154 nafari hududiy moliya idoralariga, 64 nafari g‘aznachilik va 42 nafari budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘linmalariga hamda 15 nafari davlat moliyaviy nazorati boshqarmalariga ishga qabul qilindi.

Ishga qabul qilingan yoshlar orasidan 19 nafari rahbar lavozimlariga tayinlandi (Nukus shahar, Asaka, O‘rta Chirchiq va Oqqo‘rg‘on tumanlari moliya bo‘lim mudirlari, Shayxontohur va Chilonzor tumanlari g‘aznachilik bo‘lim boshliqlari hamda 13 nafari hududiy boshqarmalar bo‘lim boshliqlari).

Shu bilan birga, hududiy Davlat moliyaviy nazorati boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini yosh kadrlar bilan to‘ldirish ko‘zda tutilgan.

Avval ma’lum qilinganidek, tavsiya etilgan nomzodlardan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan jami 397 nafar yigit-qiz tizimda amaliyotga jalb qilingan edi. Bu yoshlar zaxiraga olinib, kelgusida vakant ish o‘rinlariga joylashtirish rejalashtirilgan. 
Manba: Uza.uz



Ulashing:

E'lon