logo
. . .


Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida “Yoshlar mehnat guzari” qurilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Respublika ishchi guruhi vakillari, viloyat va tuman hokimligi, tadbirkorlar, nuroniylar hamda tuman yoshlari ishtirok etdi.

- Viloyatimizning chekka tumanlaridan biri bo‘lgan Muborak tumani yoshlari uchun ham Davlat dasturi doirasida “Yoshlar mehnat guzari”ni qurish ishlari boshlab yuborildi, - deydi viloyat hokimi o‘rinbosari Dolli Allayev. – Ushbu manzilni “Yoshlar” shaharchasiga aylantirish maqsadida umumiy xisobda 1,5 gektar yer ajratilgan bo‘lib, guzar uchun 12 sotix, kovorking markazi uchun 7,5 sotix yer belgilandi. Ularga qo‘shimcha ravishda bolalar maydonchasi, 2 ta mini-futbol stadioni, yoshlar kutubxonasi quriladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, tadbirkor Akram Rahmonov tomonidan qad rostlaydigan guzarda 22 nafar yosh ishli bo‘ladi. Inshoot ishga tushsa, umumiy hisobda tumanning 75 nafar yoshi ish bilan ta’minlanadi.

Shuningdek, tadbir davomida quyonchilik, parrandachilik va chorvachilik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan yoshlarga tuman hokimligi va tuman prokuraturasi tomonidan 60 ta quyon, 250 ta parranda va 10 dona qoramol taqdim etildi.



Ulashing:

E'lon