logo
. . .


Olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, 5-fevral kuni soat 17.30 larda "Bulung‘ur ariq" MFY, Jamonjar qishlog‘ida yashagan Javohir Omonqulov o‘z joniga qasd qildi.

U Bulung‘ur tuman XTBga qarashli 51-maktab o‘quvchisi bo‘lgan.

Yoshlar ittifoqi holatdan o‘sha kunning o‘zida xabar topdi. Hamkorlar bilan zudlik bilan voqea joyida bo‘lib, uning sabablari, oilaviy muhitni o‘rgandi.

Mazkur holat yuzasidan Bulung‘ur tuman Kengashi raisi tomonidan voqea o‘rganilganda ma’lum bo‘ldiki, Javohir 6 soat davomida dars mashg‘ulotlariga to‘liq qatnashgan. 5-soatni esa maktab psixologi o‘tgan. Maktabdan uyga qaytib ovqatgan. So‘ngra do‘stlari bilan birgalikda futbol o‘ynagan. 15:00 larda onasiga suv olib kelishini aytgan.16:00 lar atrofida molxonada o‘z joniga qasd qildi.

Shundan so‘ng, Javohir tahsil olgan maktab, mahallada tushuntirish ishlari olib borildi. Yoshlar bilan yakka tartibda muloqotlar qilindi. Qilmishni xato ekanligi, oqibatlari bolalar tilida tushuntirildi. Oila a’zolariga hamdardlik bildirildi.

Lekin, hech biri Javohirni qaytarib bermaydi. Shu sabab, Yoshlar ittifoqi, avvalo, tizimdagi yetakchilar, ota-onalar, ta’lim muassasalari vakillari, mahallalar faollarini yana bir bor ogohlikka chaqiradi.

Millat bolalarini asraylik!

O‘rganishlar davom etmoqda.



Ulashing:

E'lon