logo
. . .


Bugungi kunda Respublika bo‘ylab Yoshlar ittifoqining har bitta hududiy Kengashlarida Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘limi faoliyat yuritmoqda. Ularning faoliyatidan yoshlar qoniqyaptimi? Ushbu savolga javob topish maqsadida Qashqadaryo viloyati Kengashining faoliyatini o‘rgandik...

O‘tgan 2017-yil davomida viloyat Kengashiga 177 ta yosh murojaat qilgan. Amaldagi qonunlarga muvofiq, ular belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

102 ta murojaat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasidan, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashidan 9 ta, 12 ta viloyat hokimligidan, viloyat Xalq qabulxonasidan 3 ta hamda viloyat Kengashi raisi nomiga 51 ta murojaatlar kelib tushgan.

Murojaatlarni mazmun jihatdan tahlil qiladigan bo‘lsak, 46 tasida yoshlar ish so‘ragan. 80 foizi turli muassasa va tashkilotlarga, xususiy korxonalarga ishga joylashtirilgan.

Shuningdek, 74 ta murojaatda yoshlar o‘ziga uy-joy so‘ragan.
Shundan 58 tasi ijobiy hal etilgan. Qolgan 16 ta murojaat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Qolgan 39 ta murojaatlar ta’lim yo‘nalishiga oid murojaatlar bo‘lib, 11 ta murojaatlar O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 18-moddasiga asosan, tegishli organlarga yuborilgan. Shundan 28 ta murojaat ijobiy, joyida o‘rganilib hal etilgan.

Qashqadaryo viloyatida istiqomat qilayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardan Ittifoq faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish maqsadida 18 ta istiqbolli takliflar kelib tushgan. Ular 2018-yilning ish rejasiga kiritish uchun Markaziy Kengashga taqdim etilgan.

Muxtasar aytganda, yoshlarning dardini eshitish, ular bilan ochiq muloqotda bo‘lish, og‘irini engil qilish – aholining davlat va jamiyatga ishonchini mustahkamlashga xizmat qilayotgan qabulxonaning bugungi faoliyati yoshlarni qoniqtirmoqda.

Kelgusida ham mas’ul xodimlardan bu masalada yanada fidoyilik kutamiz. Vaqt hech kimni va hech narsani kutib turmaydi.



Ulashing:

E'lon