logo
. . .


Namangan viloyatida “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida olib borilayotgan islohotlar izchil davom etmoqda. Ishchi guruhlar yoshlar maslasining har bir nuqtasiga alohida e’tibor qaratib, beminnat ko’mak berishmoqda. Mahallalardagi o‘rganishlar natijasida jami 6917 ta xonadon bilan bo’lgan ochiq muloqotlarda 828 nafar yoshlarni muammolari aniqlandi.

Jumladan, bandlik sohasida 286 ta, tadbirkorlik sohasida 85 ta, bank krediti sohasida 115 ta, fermerlik bo‘yicha 20 ta, qurilish sohasida 20 ta, ta’lim muassasalarida 13 ta, maktabgacha ta’limga doir 40 ta, ijtimoiy himoya bo‘yicha 32 ta, sog‘liqni saqlash bo‘yicha 27 ta, uy-joy masalasida 28 ta va boshqa masalalarda 162 ta muammolar o’rganib chiqildi.

Aniqlangan muammolardan 114 tasi joyida hal etilgan bo‘lib, shundan, bandlik sohasida 49 ta, tadbirkorlik sohasida 11 ta, bank krediti sohasida 14 ta, fermerlik bo‘yicha 2 ta, qurilish sohasida 1 ta, ta’lim muassasalari bo‘yicha 5 ta, maktabgacha ta’lim bo‘yicha 2 ta, ijtimoiy himoya bo‘yicha 2 ta, sog‘liqni saqlash bo‘yicha 2 ta va 28 ta boshqa masalalarga joyida ijobiy yechim topildi.



Ulashing:

E'lon